Navoiyda hindistonlik tajribali shifokorlar faoliyat yurituvchi shifo maskani quriladi

17:36 16 Sentyabr 2019 Jamiyat
111 0

3 oy oldin Hindistonlik investorlar viloyat hokimi qabulida boʻlgan edi hamda Sanjay Bhan Navoiy viloyatining Hindistondagi vakili etib tayinlangan edi.

Bugungi kunda ushbu vakil tomonidan viloyatning investitsion salohiyatini oshirish maqsadida bir necha investorlarning viloyatimizga tashrif buyurilishiga erishildi.

Buning natijasida viloyatda hindistonlik taʼsischi kompaniyalar ochilishiga sabab boʻldi. Masalan, “Edumatters” MCHJ, “Aaspire” MCHJ, “Edifice-Aaspire” MCHJ, “Sab Stones” MCHJlar shuning yaqqol misolidir.

Yana bir yangilik yaqin kunlarda viloyatda 15 nafar tajribali hindistonlik shifokorlar hamda pedagoglar delegatsiyasi tashrif buyuradi.

Shuningdek, viloyatda dunyoga yetakchi oʻrinda turuvchi va butun oʻrta Osiyoga xizmat koʻrsatuvchi 30 nafar tajribali, sara hindistonlik shifokorlardan iborat shifo maskani qurish ham rejalashtirilgan.

Amalga oshirilayotgan samarali hamkorlik oʻzining ijobiy natijalarini berishi shubhasiz. Bu kabi ezgu va xayrli islohotlarning barchasi xalq manfaati va aholi farovonligi uchun tashlangan yana bir muhim qadamdir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?