Navoiyda bioyoqilgʻi uchun oʻsimlik yetishtiriladi

16:55 20 May 2019 Jamiyat
391 0

Illyustrativ foto

Mazkur loyiha uchun 24 mln. AQSH dollarigacha xorij valyutasi yoʻnaltiriladi. U Kanadaning Advanced Bio-Oil Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Maʼlumki, yaqinda Navoiy viloyatida Oʻzbekiston-AQSH-Kanada biznes-forumi boʻlib oʻtdi. Ushbu forum yakuni boʻyicha 10 ta bitim imzolandi. Shundan beshtasi savdo-iqtisodiy sohaga taalluqli va ularning umumiy qiymati 150 mln. AQSH dollarini tashkil etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Navoiy viloyat hokimiyati Kanadaning Advanced Bio-Oil Technologies kompaniyasi bilan oʻzaro hamkorlik qilishga kelishib oldi. Shu asosda bioyoqilgʻi olish uchun oʻsimliklar yetishtirish boʻyicha klaster yaratiladi. Buning uchun 24 mln. dollargacha xorij sarmoyasi yoʻnaltiriladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?