Navoiyda BAA kompaniyasi FES quradi. U tenderda gʻolib boʻldi

20:23 05 Oktyabr 2019 Jamiyat
156 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yilning 15-17-may kunlari AQSHga amalga oshirgan tashrifi chogʻida erishilgan kelishuvlarga binoan, Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida Navoiy viloyatida quvvati 100 MVt.ga teng boʻlgan birinchi FES qurilishi uchun maydoncha tanlandi.

Dastlabki saralash tanlovida XXR, Janubiy Koreya, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, BAA, Hindiston, Janubiy Afrika, Rossiya, Ispaniya, Norvegiya va Fransiya mamlakatlarining 23 ta kompaniyasi ishtirok etib, ulardan 11 nafari navbatdagi bosqichda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdilar. 

Shu bilan birga “Acwa Power” (Saudiya Arabistoni), “Jinko Power” va “Aljoimah Energy & Water Consortium” (XXR/Saudiya Arabistoni); “Masdar” (BAA); “TBEA Xinjianing Sunoasis Co Ltd” (XXR) va “Total Eren” (Fransiya) kabi 5 ta kompaniyaning tijoriy takliflari taqdim etildi.

Daʼvogarlarning texnik va tijorat takliflarini oʻrganish va baholash natijalariga koʻra, tender komissiyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasining 1 kVt / soat uchun 2.679 AQSH sent va qurilish muddatini 12 oy deb belgilagan “Masdar“ (BAA) xalqaro tender kompaniyasini gʻolib deb eʼlon qildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumot uchun: “Acwa Power” kompaniyasi 1 kVt.s uchun 2,98 sent, “TBEA Xinjianing Sunoasis Co Ltd” kompaniyasi 3,586 sent, “Jinko Power” va “Aljoimah Energy & Water Consortium” 3,702 sent, “Total Eren” 4,273 sent taklif qilgan edi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?