Navoiy viloyati yana bir yirik xalqaro forumga mezbonlik qiladi

15:18 07 May 2019 Iqtisodiyot
722 0

Joriy yilning 16-17 may kunlari viloyatda Amerika Qoʻshma Shtatlari hamda Kanada davlatlarining xorijiy ishbilarmon doiralari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning mamlakatimizdagi diplomatik korpus vakillarini taklif etgan holda “Navoiy hududini oʻzingiz uchun kashf qiling – biznesingiz uchun yangi gorizontlar joyi (Discover Navoi Region – place for achieving new horizons for your business)” nomli Oʻzbek-Amerika-Kanada biznes-forumini oʻtkazish rejalashtirilmoqda.

Mamlakatimiz Prezidenti joriy yilning 12-13 mart kunlaridagi tashrifi chogʻida vohaning salohiyat va imkoniyatlari, ishga solinmagan resurslar, investitsiya va tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoit yaratish masalalariga atroflicha toʻxtalib, ulardan yanada samarali foydalanish maqsadida Navoiy viloyatiga erkin iqtisodiy hudud maqomini berish tashabbusini ilgari surgan edi. Shuningdek, mazkur vazifa ijrosini taʼminlash uchun Xalqaro hamkorlik doirasini yanada kengaytirish vazifalarini belgilagan edi.

Shu asosda olib borilgan muzokaralar natijasida viloyatda Amerika Qoʻshma Shtatlarining “US Inc.”Kompaniyasi bilan hamkorlikda tibbiy klinika va diagnostika markazining tashkil etilmoqda.

Mazkur tibbiy muassasa boʻyicha korxona taʼsischilari tomonidan 16-17 may kunlari korxonaga ajratilgan yer maydonida qurilish ishlarini boshlash uchun tamal toshi qoʻyish marosimi hamda“Calatrava grace corporation” tomonidan arzon uy-joylar qurilishi uchun monobloklar ishlab chiqarish zavodi qurilishi loyihasi boʻyicha investitsion kelishuv imzolanishi kutilmoqda. Shuningdek,oʻsha kunlariAQSHning Klinton shahri Navoiy viloyatining Zarafshon shaharlari oʻrtasida birodar shaharlar ekanligi toʻgʻrisida kelishuvi imzolanishi rejalashtirilgan.

Temur ESHBOYEV,(“Xalq soʻzi”).


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?