Navoiy viloyat maʼmuriy sudi raisi ustidan tergov harakatlari olib borilmoqda

18:40 23 May 2019 Jamiyat
715 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining shu yil 20 may kuni boʻlib oʻtgan majlisida Navoiy viloyat maʼmuriy sudi raisi O.Toshevni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berish toʻgʻrisidagi taqdimnoma maʼqullangan. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.

Otabek Toshev Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 206-moddasida (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblanmoqda. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga koʻra, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora koʻrib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi qonuni 63-moddasiga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?