Navoiy viloyat IIV boshligʻi tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning uylari taʼmirlab berildi

16:24 25 Oktyabr 2018 Jamiyat
981 0
Oldingi holat. Foto: “Xalq soʻzi”

“Xalq soʻzi Online”. Temur Eshboyev/Navoiy. Navoiy viloyat IIB boshligʻi tashabbusi bilan viloyat hududidagi shahar va tumanlarda ichki ishlar idoralari sektoridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oʻnta oilaning xonadoni kapital taʼmirlanib, baʼzilari esa mutlaqo yangidan qurilib oʻz egalariga topshirildi.

Oldingi holat. Foto: “Xalq soʻzi”

Chunonchi, Uchquduq tumanining “Yoʻlchilar” OFYda istiqomat qilayotgan yolgʻiz ayol Qurbonoy Muhitdinovaning taʼmirtalab uyi, Tomdi tumanining “Keregetau” OFYdagi Savet Toqsanov, Zarafshon shahridagi Yoshlik mahallasi 3-uy, 8-xonadonda istiqomat qilayotgan 1-guruh nogironi Marina Afanesovaning yashash uylari taʼmirlanib, zamonaviy qiyofa kasb etdi.

Taʼmirlangandan keyingi holat. Foto: “Xalq soʻzi”

Taʼkidlash joizki, mazkur uylardagi taʼmirlash ishlari ichki ishlar xodimlari tomonidan hashar yoʻli bilan amalga oshirildi, deya xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati. Albatta, bunday xayrli ishlar mazkur xonadon sohiblari dilida ezgulik chirogʻini yanada ravshan etib, uning yogʻdusi yana bir qator yumushlarga turtki beradi. Zero, ezgulikning javobi ham ezgulikdir.

Taʼmirlangandan keyingi holat. Foto: “Xalq soʻzi”

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?