Navoiy shahri va Karmana tumani chegaralari oʻzgartiriladi

11:19 19 Iyun 2019 Jamiyat
603 0

Navoiy viloyatining Navoiy shahri va Karmana tumani chegaralariga oʻzgartirishlar kiritiladi. Bu haqda “Xalq soʻzi“ muxbiri xabar bermoqda.

18-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisida mazkur masala oʻrtaga tashlangan va u 21-iyun kuni boʻlib oʻtadigan Senatning yigirmanchi yalpi majlisida koʻrib chiqilishi maʼlum qilingan.

Yalpi majlisda Navoiy viloyatining Navoiy shahri va Karmana tumani ­chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqiladi.

Maʼlumotlarga koʻra, Karmana tumanidagi “Yoshlik” mahalla fuqarolar yigʻini hududidan – 1 071,44 gektar, “Varq” mahalla fuqarolar yigʻini hududidan – 26,14 gektar yer maydonlari Navoiy shahri tarkibiga oʻtkazilishi rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?