“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va Navoiy shahrining 60 yilligi munosabati bilan ishlab chiqarish ilgʻorlari va jamoatchilik faollaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

19:05 23 Noyabr 2018 Hujjatlar
252 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni samarali amalga oshirish hamda respublikamizning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi va Navoiy shahri alohida oʻringa ega.

Mustaqillik yillarida “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi dunyoning ilgʻor kon-metallurgiya sanoati kompaniyalari qatoridan munosib oʻrin egallab, mintaqadagi eng yirik va ishonchli sanoat gigantlaridan biriga aylandi.

Koʻp millatli Navoiy shahri aholisining fidokorona mehnati bilan hududda faoliyat koʻrsatayotgan metallurgiya, yoqilgʻi-energetika, kimyo, yengil sanoat tarmoqlari, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari hamda ijtimoiy soha obyektlarida qoʻlga kiritilayotgan yutuq va marralar respublikamizning umumiy taraqqiyot surʼatlarini oshirishda katta hissa boʻlib qoʻshilmoqda.

Mamlakatimizning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, kon-metallurgiya sanoatini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish, murakkab ish va iqlim sharoitlarida yer osti boyliklarini samarali oʻzlashtirish, tarmoqning barqaror ishlashini taʼminlash, yangi sanoat korxonalarini tashkil etish borasidagi ulkan xizmatlari, millatlararo doʻstlik va hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, shuningdek, Navoiy shahrining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlashga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun quyidagilar faxriy unvon, orden va medallar bilan taqdirlansin:

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi”

Lopatin Yuriy Sergeyevich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi “Muruntov” koni konchilik-transport uchastkasi boshligʻi

Samatov Karim Djalalovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi 2-Gidrometallurgiya zavodi sorbsiya va regeneratsiya sexi katta ustasi

“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi”

Bazarova Saodat Djamalovna - Navoiy davlat konchilik institutining taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi

“Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan

Raxmatov Isroil Kurbanovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi raisi

Urdabayev Norkuzi Egamberdiyevich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 5-Kon boshqarmasi bosh muhandisi

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Atabayev Begmat Shermatovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Janubiy kon boshqarmasi “Zarmitan” koni boshligʻi

Boboqulov Qodir Toshovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 5-Kon boshqarmasi 3-geotexnologik koni burgʻilash uskunasi mashinisti

Gafurov Kaxramon Ubaydullayevich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Shimoliy kon boshqarmasi 3-Gidrometallurgiya zavodi direktori

Rudnev Sergey Vyacheslavovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasi bosh geologi

Eshkuvatov Xolboy Abdirazakovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Janubiy kon boshqarmasi “Gʻujumsoy” koni lahimchisi

“Doʻstlik” ordeni bilan

Zolotaryov Yuriy Petrovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Shimoliy kon boshqarmasi direktori

Ibragimov Hamdam Meyliyevich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi “Muruntov” koni burgʻilash uskunasi mashinisti

Korjikova Inna Ivanovna - Oʻzbekiston rus madaniy markazining Navoiy viloyati hududiy boʻlinmasi rahbari

Muminov Baxritdin Raimovich - Navoiy shahridagi “Baxt-tekstil” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi

Salaxayev Ildar Raxmatullayevich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi markaziy taʼmirlash mexanika sexi taʼmirlovchi-chilangari

Xoʻjanazarov Rashid Mavlyanovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Geologiya-qidiruv ekspeditsiyasi boshligʻi

Soy Yelena Valentinovna - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining tibbiy-sanitariya boʻlimi shifokor-kardiologi

Shakarov Yarkin Ismatovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Janubiy kon boshqarmasi direktori

“Shuhrat” medali bilan

Abdullayev Maxsatjan Muminovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi tashqi suv taʼminoti birlashgan energiya xizmati sex taʼmirlovchi-chilangari

Azizov Karimjan Ganiyevich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari – bosh muhandisi

Arapbayev Atabek Tayirovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi avtomobil transporti boshqarmasi kon ishlarini mexanizatsiyalash sexi boshligʻi

Achilov Temur Kuvatovich - Navoiy shahridagi “Nurchilar” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati raisi

Achilova Shahnoza Absamatovna - Navoiy konchilik kasb-hunar kollejining maxsus fan oʻqituvchisi

Gorbachyov Dmitriy Petrovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 1-Gidrometallurgiya zavodi kon boshqarmasi “Aristantov” karyeri ekskavator mashinisti

Jalilov Isrofil Islamovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Markaziy kon boshqarmasi 2-Gidrometallurgiya zavodi tayyor mahsulot sexi qimmatbaho metallar ishlab chiqarish apparatchisi

Jilina Valentina Ivanovna - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga qarashli 4-maktabgacha taʼlim muassasasi tarbiyachisi

Yoʻldoshev Utkir Uktamovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining konchilik boʻlimi boshligʻi

Mavlonov Mirsayit Saydaliyevich - Navoiy shahridagi “Hayot” mahalla fuqarolar yigʻini raisi

Madaliyev Xamdam Kenjayevich - “Nuroniy” jamgʻarmasining Navoiy shahar boʻlinmasi faoli

Maxamatov Umar Usmonkulovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Shimoliy kon boshqarmasi “Sharqiy” ochiq usulda qazib olish koni ekskavator mashinisti

Poʻlatov Sirojiddin Gʻaybullayevich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining 1-Gidrometallurgiya zavodi kon boshqarmasi 3-texnologik sexi boshligʻi

Radjabov Sanjar Abdulloyevich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining yoshlar yetakchilari Kengashi raisi

Rasulov Sohibjon Raximovich - “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining ammiak ishlab chiqarish navbati boshligʻi

Raxmanov Faxriddin Egamovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining “Navoiy mashinasozlik zavodi” ishlab chiqarish birlashmasi sex boshligʻi oʻrinbosari

Raxmatova Maxfuza Axmedovna - Navoiy viloyati nogironlar uchun mintaqaviy reabilitatsiya markazi katta hamshirasi

Toshov Istam Shuxratovich - “Navoiy issiqlik elektr stansiyasi” aksiyadorlik jamiyatining issiqlik avtomatikasi va oʻlchash sexi yetakchi muhandisi

Shaqulov Nurmurot Islamovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasining Zarafshon qurilish boshqarmasi 4-avtokorxonasi haydovchisi

Shodmonov Alisher Obloqulovich - “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga qarashli “Lochin” sport majmuasining dzyudo boʻyicha murabbiysi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti   Sh. MIRZIYOYEV

Toshkent shahri, 2018 yil 22 noyabr


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?