“Navoiy azot” AJning soxta vakilining nomeri oʻtmadi


Temur Eshboyev, “Xalq soʻzi online”/Navoiy. “Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Oʻzbekiston mahallasi fuqarosi Oybek Joʻrayevning Navoiy shahriga “gastrol”idagi firibgarlik nomeri oʻtmadi.
Oybek Navoiy shahridagi “Navoiy sharq nuri” MCHJ rahbariga oʻzini “Navoiy azot” AJ vakili sifatida tanishtirib, uning ishonchiga kiradi. Masʼuliyati cheklangan jamiyatga qarashli “Artel” savdo doʻkonidan 3 dona televizor va 2 dona sovutgich — jami qiymati 10 million 845 ming soʻmlik tovarni sotib olish istagini bildirib, pullarni “Navoiy azot” AJdan olib berishini bayon etadi. MCHJ rahbari ukasiga tovarlarni manzilga eltib qoʻyish va bir yoʻla pulni olib qaytish topshirigʻini beradi.
Oybek yoʻl-yoʻlakay ukaning ham ishonchiga kirib, buyumlarni Karmana tumanidagi savdo doʻkonlaridan birining yoniga tushirib, “Navoiy azot”ga yoʻl olishadi. Ketaverishda esa 10-kichik tumandagi dehqon bozori hududida uni adashtirib, firibgarlik yoʻli bilan buyumlarni qoʻlga kiritadi.
Ichki ishlar idorasi xodimlari olib borgan tezkor tadbirlar natijasida firibgar qoʻlga olinib, mazkur holat yuzasidan O. Joʻrayevga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi hamda uning shunga oʻxshash jinoyatlarga daxldor yoki daxldor emasligi surishtirilmoqda.
Ko‘p o‘qilganlar
- Ixtiyor Abdullayev DXX rahbarligidan ketdi, oʻrniga Abdusalom Azizov tayinlandi
- Samarqandlik tadbirkor ot federatsiyasiga rahbar etib tayinlandi
- Arxeologlar diqqatiga: Rishton tumanidan dinozavr qoldiqlari topildi.
- Yot andozalar, mavhum gʻoyalar, qurama tillar poytaxtimizning qiyofasi buzilayotganiga qachongacha jim qarab turamiz?
- Ixtiyor Abdullayev soʻnggi bir yilda ikki ogʻir operatsiyani boshdan kechirgan
- Toshkent shahrida 2005 — 2011 yillarda hokimlik qilgan Abduqahhor Toʻxtayev 2005 yili “Vuzgorodok”da nima boʻlganini aytib berdi
Muhokama qilingan
- RAVON ketma-ket uchinchi oy ham Rossiya bozorida birorta avtomobil sota olmadi
- Davlat soliq qo‘mitasi ishga taklif etadi
- Oʻzbekiston va Misr hamkorligiga oid 12ta hujjat imzolandi
- Osiyo oʻyinlari qahramonlari tantanali ravishda kutib olindi (fotojamlanma)
- Test sinovlari: imtihondagi g‘aroyib qalloblik fosh bo‘ldi
Afisha
Yodingizda boʻlsa, Prezidentimiz joriy yil 11 yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tuman va shahar faollari murojaatlarini tinglar ekan, ular koʻtargan muammoli masalalarni qisqa muddatda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va koʻrsatmalar bergan edi.
05 Fevral 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: