Navbatdagi zamonaviy elektrovozlar keltirilishi arafasida

10:43 20 Avgust 2019 Jamiyat
76 0

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning lokomotiv parki joriy yil oxiriga qadar 3 ta, 2020-yilning birinchi choragida yana 2 ta 3ES5K elektrovozi bilan toʻldiriladi. Bu haqda jamiyat axborot-tahliliy media markazi xabar berdi.

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyatiga investitsiyaviy loyihalar dasturiga koʻra, joriy yil boshida Rossiya davlatidan 2 dona 3ES5K rusumli yangi elektrovozlar keltirilgan edi. Ish faoliyati davomida mazkur elektrovoz mutaxassislar tomonidan muvafaqiyatli sinovdan oʻtkazildi. Shu bois asosan yuk tortish uchun moʻljallangan lokomotivdan yana 5 ta olib kelish boʻyicha shartnoma imzolangan.

Maʼlumot uchun: Zamonaviy yuk elektrovozi 1520 mm/ temir yoʻllarda yurish uchun moʻljallangan boʻlib, 3 ta seksiyadan iborat. Har bir seksiyada 4 ta gʻildirak juftligi oʻrnatilgan. Elektrovozning tortish kuchi soatiga 9840 kVt tashkil etgan boʻlsa, Xitoydan keltirilgan 1 ta seksiyali “Oʻzbekiston” elektrovozining tortish kuchi soatiga 6000 kVt edi. Koʻrinib turibdiki, mazkur lokomotiv boshqalarga nisbatan juda katta kuchga ega. Shuningdek, bir soatlik minimal yurish tezligi 49,9 km/s/ ni tashkil etadi. Eng yuqori yurish tezligi 110 km/s. Elektrovoz qishning izgʻirin sovugʻida ham, yozning jaziramasida ham yurishga moʻljallangan. Lokomotiv kabinasi barcha toʻliq kompyuterlashtirilgan boʻlib, mashinist uchun barcha qulayliklar yaratilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?