Navbatdagi rekord sari! Ravshan Ermatov 2-turning eng muhim o‘yiniga tayinlandi

18:14 19 Iyun 2018 Sport
918 0
Fotо: Р-Спорт

Futbol bo‘yicha Rossiyada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida bosh hakam sifatida ishlayotgan Ravshan Ermatov 2-tur doirasidagi Argentina va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni boshqarib boradi.

Unga qanotlarda Abduhamidillo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi.

Bu o‘yin Ermatov uchun jahon chempionatlari tarixidagi 3-turnirda hakamlik qilishi bo‘ladi. Shuningdek o‘zbekistonlik hakam 10-uchrashuvda bosh hakam sifatida ishlaydi. Ermatov bu orqali o‘zi tomonidan o‘rnatilgan mutlaq rekordni yangilaydi.

Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar hech bir hakam JCH final bosqichi o‘yinlarida 10ta o‘yinni boshqarmagan.

Ma’lumot uchun, Argentina va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 21 iyun kuni Nijniy Novgorod shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00da boshlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?