Nasriddin Afandi haykalining boshiga chiqib olgan shaxs pushaymon boʻlib, buxoroliklardan kechirim soʻradi

10:30 15 Avgust 2019 Jamiyat
96 0

2019-yil 21-iyun kuni “Telegram” ijtimoiy tarmogʻidagi ayrim kanallarda nomaʼlum shaxsning Buxoroning eski shahar hududida joylashgan “Labi Xavuz” majmuasidagi “Xoʻja Nasriddin Afandi” monumentining bosh qismiga chiqib tushgan fotosurati tarqalgan edi.

Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida Buxoro viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu fuqaro Qorakoʻl tumani Yangibozor mahallasida yashovchi, 1990-yilda tugʻilgan Q.M. ekanligi aniqlanib, u ushbu fotosuratga 2015-yilning taxminan mart yoki aprel oylarida tushganligini, qilgan ishidan pushaymonligi va Buxoro xalqidan kechirim soʻrashini bildirdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?