NASA Yupiter yoʻldoshidagi ummonni oʻrganmoqchi

16:02 22 Avgust 2019 Dunyo
192 0

NASA olimlari Yupiter sayyorasining tabiiy yoʻldoshlaridan biri - Yevropadagi ummonni oʻrganishga qaratilgan missiya ustida ish olib borayotgani maʼlum boʻldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Europe Clipper nomi berilgan missiya Yevropaning muz bilan qoplangan sirti ostidagi suvlarni tadqiq qilishi kutilmoqda.

Olimlarning taxminiga koʻra, muz ostida chuqurligi 170 kilometrga qadar yetuvchi ummon joylashgan.

Va bu suvlarda hayot paydo boʻlishi uchun yetarli sharoit mavjud boʻlishi mumkin.

Europe Clipper missiyasi 2025-yilda koinotga uchirilishi rejalashtirilmoqda.

Missiya oʻzi bilan kameralar, magnit maydonini oʻlchovchi spektrometrlar, muz qatlami qalinligini aniqlovchi radarlar kabi ilmiy anjomlarni koinotga olib chiqadi.

Olimlar Yevropa yuzasidagi muz qatlami qalinligi oʻnlab kilometrga borishi mumkinligini ham aytadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?