NASA ilmiy xodimi Oʻzbekistonga keldi

18:57 09 Iyul 2019 Iqtisodiyot
139 0

Innovatsion rivojlanish vazirligida AQSHning aeronavtika va kosmik kenglikni tadqiq qilish milliy boshqarmasi — NASA Xalqaro kosmik stansiya dasturining ilmiy xodimi Kamilla Uordron Elleyn bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv chogʻida ilm-fan, xususan xotin-qizlarni “STEM” taʼlimga qiziqtirish masalalari muhokama qilindi. Tadbirda, shuningdek, AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari ishtirok etdi.

Vazirlik mutasaddilari oʻz navbatida Innovatsion rivojlanish vazirligi va NASA oʻrtasidagi hamkorlik oʻrnatishdan manfaatdor ekanliklarini alohida taʼkidlashdi.

Mazkur uchrashuv doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazida “Yuqoriga, yanayam yuqoriga: NASAning kelajakka sayohati” hujjatli filmi namoyish etildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?