NASA endi erkak va ayolni birgalikda Oyga olib chiqmoqchi

15:25 21 May 2019 Jamiyat
244 0

AQSH kosmik agentligi(NASA) dunyo tarixida birinchi marta erkak va ayolni birgalikda Oyga uchirishni rejalashtirmoqda. Tashkilot Artemis deb nomlangan mazkur dasturini amalga oshirish uchun esa yana 1,6 milliard dollarga muhtojligini bildiryapti. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Ushbu kosmik loyiha asosida odamzod 2024 yilgacha yana bir marta Oyga olib chiqilishi mumkin. Hozircha dastur uchun dastlab moʻljallangan 21,5 milliard dollar ajratilishi parlament tomonidan maʼqullangan.

Qoʻshimcha talab qilinayotgan mablagʻ esa Oyga qoʻnish tizimini ishlab chiqish uchun kerak. Bundan astronavtlarni Yerning tabiiy yoʻldoshi yuzasiga yuborish va qaytarib olib kelishda foydalaniladi. Oʻz navbatida NASAning SLS raketasi va Orion fazo kemasining oʻz vaqtida tayyor boʻlishi, Oyning inson qoʻnishiga mos joylarini robot yordamida tadqiq qilish, zarur resurslar, masalan, ichimlik suvi zaxirasini yaratish uchun mana shunday moddiy koʻmak lozim.

Tashkilot 1,6 milliard dollarni olish uchun AQSH Kongressining roziligini kutmoqda.

NASAning maʼlumotiga koʻra, bu hali boshlanishi xolos. Kelgusi toʻrt yil ichida bundan ham koʻp pul talab qilinishi mumkin.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?