Narpayda 72 ta oila yangi uylarga koʻchib oʻtdi

19:22 13 Yanvar 2020 Jamiyat
133 0

“Xalq soʻzi ONLINE”. Abdulaziz Yoʻldoshev/Samarqand. Narpay tumani markazida baro etilgan 72 ta xonadonga moʻljallangan uchta toʻrt qavatli turarjoy oʻz egalariga topshirildi.

Mazkur uylar davlatimiz rahbarining 2018-yil 24-noyabrdagi “Qishloq joylarda va fuqarolarning ayrim toifalari uchun arzon uy-joylar qurishni kengaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan bunyod etildi. Ular “Tolib Karmana” MCHJ, “Narpay samstroy” xususiy, va “Zarafshon” koʻp tarmoqli ishlab chiqarish korxonalari bunyodkorlari tomonidan qurildi.

Tuman hokimligi, tuman jamoatchiligi vakillari ishtirokida yangi xonadonlarni oʻz egalariga topshirish munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda xonadon kalitlari egalariga tantanali ravishda topshirildi.

— Zamonaviy hamda shinam uylarga ega boʻlgan fuqarolarning quvonchlari cheksiz, — deydi Hilola Bektamishova. — Biz kabi kam taʼminlangan fuqarolarga eʼtibor qaratayotgan Prezidentimizdan minnatdormiz.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?