“Narodnoye slovo” muxbiri – tanlov gʻolibi

17:44 19 Avgust 2019 Jamiyat
137 0

Namangan shahridagi “Uch favvora” xiyobonidv Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga bagʻishlangan “Eng ulugʻ, eng aziz” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi gʻoliblari tantanali ravishda taqdirlandi. Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozimki, “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma sakkiz yillik bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” degan bosh gʻoya asosida tashkil etilgan mazkur tanlovning Namangan viloyat bosqichida mahalliy ijodkorlar 700 dan ziyod asarlarini taqdim etdilar.

Koʻrik-tanlov hayʼati aʼzolari yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar, tasviriy va kino sanʼati namoyandalari, foto va dizayn ustalarining eng sara asarlarini mukofotlash uchun tavsiya qildilar.

Eʼtiborli jihati, gʻoliblar safida “Narodnoye slovo” gazetasining viloyat boʻyicha oʻz muxbiri Nurbek Abdullayev ham bor. U bosma nashrlar xodimlarining jurnalistik ishlari nominatsiyasida birinchi darajali diplom va esdalik sovgʻasiga loyiq topildi.

Qudratilla NAJMIDDINOV. 
/ “Xalq soʻzi”/.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?