Narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) ro’yxati tasdiqlandi

10:25 04 Aprel 2018 Hujjatlar
868 0

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori  (VMQ-249, 30.03.2018 y.) qabul qilindi. 

Hujjat bilan bilan Narxlari (tariflari) davlat tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy ahamiyatli tovarlar (xizmatlar) va ularning strategik turlari ro’yxati tasdiqlandi.

Narxlarni davlat tomonidan tartibga solish (tariflarni) o’rnatish, mazkur ro’yxatdan tashqari:

tabiiy monopoliya sharoitlarida ishlab chiqariladigan tovarlarga (ko’rsatiladigan xizmatlarga);

Prezidentning qarorlarida narxlari tartibga solish nazarda tutilgan tovarlarga (xizmatlarga) nisbatan ham amalga oshiriladi.

Shuningdek qaror bilan tasdiqlangan nizomda monopol yuqori va monopol past narxlarning aniqlanishi tartibi belgilandi, deb yozadi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanali.

 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?