Narimon Umarov Oltinsoydagi voqea yuzasidan: “Biz hozir sabablar bilan emas, oqibat bilan kurashmoqdamiz”

19:36 17 Fevral 2020 Jamiyat
300 0

Arxiv surat

“Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi Narimon Umarov ham Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida roʻy bergan nizoga oʻz munosabatini bildirdi.

— Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi ushbu jarayonda adolat qaror topishi uchun har ikkala tomon ham tinglanishi, vaziyat chuqur oʻrganilishi lozim, deb hisoblaydi.

Bunday hollarda, eng avvalo, ushbu yerlarni ajratishga javob berganlar qonuniy javob berishi kerak. Shundagina adolat taʼminlanadi. Shuning uchun fuqarolar uy qurishi uchun sharoit yaratib bergan fermer yoki boshqa mutasaddilarning javobgarligi kun tartibiga chiqarilishi zarur. Biz hozir sabablar bilan emas, oqibat bilan kurashmoqdamiz. Bu zaylda ketadigan boʻlsa, bunday holatlar ertaga boshqa hududda ham kelib chiqishi aniq.

Shuning uchun bu jarayonda asosiy eʼtiborni vaziyatni keltirib chiqargan sabablarni bartaraf etishga qaratilsa, maqsadga muvofiq boʻlar edi.

Qayerda qonun ustuvor boʻlsa, oʻsha yerda adolat hukm suradi, rivojlanish boʻladi, deydi Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, “Adolat” SDP Siyosiy Kengashi raisi Narimon Umarov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?