Namunali Sardorlar Kengashi Namanganda bahslashadi

16:26 11 Aprel 2019 Jamiyat
223 0

10 — 12 aprel kunlari Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti hamda Xalq taʼlimi vazirligi hamkorligida anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan “Eng namunali maktab Sardorlar Kengashi” koʻrik-tanlovining mamlakat bosqichi Namangan viloyatida boʻlib oʻtadi. Bu haqda “Xalq soʻzi ONLINE”ga Yoshlar ittifoqi masʼul xodimi Shohida Damanova xabar berdi.

Kecha Pop temir yoʻl vokzalida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan kelgan gʻolib jamoalar kutib olindi.

Bugun esa “Kamalak” bolalar tashkiloti hamda Sardorlar Kengashining faoliyati samaradorligini oshirish, sinf, umumiy oʻrta taʼlim muassasalari Sardorlar Kengashi aʼzolarining oʻzaro doʻstlashishi va tajriba almashishini taʼminlash, ularning ijtimoiy faolligi, ijodiy hamda intellektual qobiliyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilayotgan koʻrik-tanlovning asosiy tadbirlari boshlandi.

Tanlov gʻoliblari ertaga — 12 aprel kuni boʻlib oʻtadigan taqdirlash marosimida aniqlanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?