Namanganlik yoshlar bayramni “afsonalar vodiysi”da nishonlashdi. YOI viloyat kengashiga avtobus sovgʻa qilindi

11:48 01 Iyul 2019 Jamiyat
261 0

30-iyun- “Yoshlar kuni”ni Namangan viloyati yoshlari yaqinda foydalanishga topshirilgan “Afsonalar vodiysi”da nishonlashdi.

Faol va iqtidorli yoshlar, jumladan, fan olimpiadalari gʻoliblari, mahoratli sportchilar, jasur harbiylar, tadbirkorlar, adabiyot va sanʼat ixlosmandlaridan iborat yigit-qizlar bu yerda “Yoshlar –Oʻzbekiston kelajagi” shiori ostidagi katta shouning guvohi boʻldilar.

Anjuman avvalida Prezidentimizning yoshlarga bayram Tabrigi oʻqib eshttirildi.

Ijtimoiy hayotning turli sohalari — oʻqishda, mehnat va jamoatchilik ishlarida tengdoshlariga namuna boʻlayotgan yoshlar faolligi eʼtirof etilib, ularning bir guruhi qimmatbaho sovgʻalar bilan mukofotlandi. Eng katta sovgʻa YOIning viloyat Kengashiga taqdim qilindi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tadbir qatnashchilarining gulduros qarsaklari ostida kengashga “Isuzi” avtobusi kalitini topshirdi.

Tadbir yakunida 400 nafardan ziyod yoshlarga bayram dasturxoni yozildi.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?