Namanganlik velosportchi Osiyo chempionatida sovrindor boʻldi

17:04 17 Sentyabr 2019 Sport
107 0

Hindistonda velotrek boʻyicha kattalar va oʻsmirlar oʻrtasida Osiyo kubogi bahslari yakunlandi. Qitʼa birinchiligi musobaqa ishtirokchilari uchun har toʻrt yillikning eng nufuzli sport anjumani – 2020-yili Tokioda boshlanadigan yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi bilan muhim ahamiyat kasb etadigan bellashuv kuchli raqobat muhitida kechdi.

Unda faol ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida hindistonlik sportchilardan keyin faxrli ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Velotrekchilarimiz mahorati 4 ta oltin va 3 ta kumush medal bilan baholandi.

- Chempionatda terma jamoamizning musobaqadagi soʻnggi sovriniga xalqaro toifadagi sportchi, Namangan velosport maktabi tarbiyalanuvchisi Dilmurod Siddiqov mualliflik qildi. Hamyurtimiz omnium yoʻnalishida “finish” chizigʻiga ikkinchi boʻlib yetib kelib, kumush medalga sazovor boʻldi. Bu natija Dilmurodga Yaponiyada boʻlajak yozgi Olimpiya oʻyinlari yoʻllanmasi uchun 180 reyting ochkosini ham tortiq qildi, - deydi namanganlik sport sharhlovchisi Oqilxon Dadaboyev.

Qudratilla NAJMIDDINOV,

“Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?