Namanganlik sportchi — xalqaro musobaqa jadvalining yuqori pogʻonasida

12:01 08 Oktyabr 2020 Sport
219 0

Shu kunlarda Venesuelada taekvondo (WTF) boʻyicha “Nuestro evento Mundial campaneto abierto de poomsae y kyorugi” onlayn musobaqasi boʻlib oʻtyapti. Unda Namangan viloyati terma jamoasi yurtimiz sharafini munosib himoya qilmoqda.

Aytish lozimki, vakillarimiz xalqaro turnirning dastlabki kunlaridanoq oʻz mahoratlarini namoyish etishga ulgurishdi. Hususan, iqtidorli sportchi Salohiddin Sobitov Pumse yoʻnalishida barcha raqiblaridan ustun kelib, jadvalning eng yuqori pogʻonasidan oʻrin olishga muvaffaq boʻldi.

Namangan viloyati taekvondo (WTF) assotsiatsiyasi raisi Xolmurod Nozimovning aytishicha, bugun - 8-oktyabr kuni vakillarimizdan Gulshanoy Ismoilova kyorugi yoʻnalishi, Qudratillo Shonazarov esa Parakyorugi bahsida jahonning kuchli sportchilari bilan yuzlashadi.

Qudratilla NAJMIDDINOV
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?