Namanganlik internet jurnalisti “Yuksalish” tanlovining gʻolibi

13:58 17 Oktyabr 2019 Jamiyat
97 0

Bugun “Yuksalish” umummilliy harakati Namangan viloyati boʻlinmasi tomonidan “Yoshlar ovozi - muhim” muloqot tadbiri oʻtkazildi. Unda harakat faoliyatida kelajagimiz egalari boʻlgan yoshlarning ishtiroki kengayib borayotganiga alohida eʼtibor qaratildi. Masalan, harakat tashabbusi bilan “Oʻzbekistonda jurnalistika sohasida xalqaro etika standartlarini ilgari surish” loyihasi doirasida oʻtkazilgan tahliliy maqolalar tanloviga 40 nafar ijodkor yigit-qiz oʻzining dolzarb mavzulardagi materiallarini taqdim etgan. Tanlovning birinchi bosqichida gʻolib chiqqan 7 nafar ijodkor orasida Namangan viloyatida faoliyat koʻrsatuvchi internet jurnalisti Sanjarbek Hamidov ham bor.

Muloqot tadbiri chogʻida S. Hamidov tanlov tashkilotchilarining maxsus diplomi bilan taqdirlanib, unga zamonaviy ovoz yozish qurilmasi sovgʻa qilindi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga “Yuksalish” umummilliy harakatiga aʼzolik sertifikatlari ham topshirildi.

Qudratilla NAJMIDDINOV. 
“Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?