Namanganga yangi prokuror tayinlandi

11:46 19 Iyul 2019 Jamiyat
510 0

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻiga asosan adliya katta maslahatchisi Mavlonov Akmalxoʻja Yusupovich Namangan viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

A.Mavlonov tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?