Namangandagi skolioz bolalar maktab –internatida “Sport-mening hamrohim!” aksiyasi oʻtkazildi

12:20 12 Sentyabr 2019 Jamiyat
46 0

Namangan shahridagi 40 - umumiy oʻrta taʼlim skolioz bolalar sanatoriya maktab-internatida “Sport - mening hamrohim!“ aksiyasi amalga oshirildi.Bu haqda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining matbuot markazi muxbirimizga xabar qildi.

Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi Namangan viloyati hududiy boʻlinmasi tomonidan oʻtkazilgan tadbirda oʻquvchilar quvnoq startlar, shaxmat-shashka, basketbol boʻyicha oʻzaro bellashdilar. Musobaqa natijalari maktab tarbiyalanuvchilari sportning mazkur yoʻnalishlarida jismoniy jihatdan barkamol tengdoshlaridan kam emasligini koʻrsatdi.

Aksiyada faol ishtirok etgan yoshlar munosib ragʻbatlantirildi.

Qudratilla NAJMIDDINOV (“Xalq soʻzi”)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?