Namangandagi koʻrgazmada yosh tadbirkorlarning mahsulotlari namoyish etildi

Namangan shahrida “Yoshlar kelajagimiz- amalda” shiori ostida yosh tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning hududiy koʻrgazmasi tashkil etildi. Ishtirokchilarning aksariyati “Yoslar – kelajagimiz” davlat dasturi doirasida ajratilgan imtiyozli kredit yordamida oʻz biznesini yoʻlga qoʻygan boʻlib, istiqbolli loyihalarini roʻyobga chiqarish orqali isteʼmol bozorini raqobatbardosh mahsulotlar bilan toʻldirish, shuningdek, yangi ish oʻrinlari yaratishda faollik koʻrsatayotgan yigit-qizlardir.
Tadbirda viloyat shahar va tumanlarida faoliyat koʻrsatayotgan 60 nafar yosh tadbirkor, shaxsiy biznesini yoʻlga qoʻyish istagida boʻlgan yoshlar hamda mahallalardagi ishsiz yoshlar ishtirok etdi.
– Dastur ijrosi yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish borasidagi loyihalarimizga qanot bagʻishlamoqda, – deydi “Yoshar-kelajagimiz” jamgʻarmasining viloyat koordinatori Islombek Qutbiddinov. – Masalan, birgina joriy yilning birinchi yarmida 82 nafar yoshga jamgʻarmaning 26 milliard soʻmdan ziyod imtiyozli krediti ajratildi. Buning natijasida 450 nafar tengdoshlarimizni ish bilan taʼminlash imkoniyati yuzaga keldi.
Shu kungi koʻrgazma davomida “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” mavzusida tajribali tadbirkorlar tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.
Tadbir soʻngida faol ishtirok etgan yosh tadbirkorlar faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Qudratilla NAJMIDDINOV.
“Xalq soʻzi”
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Bugun biz xalqimizni tinglashni oʻrganishimiz kerak. Xalqimizning dardiga quloq tutishimiz kerak”
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida
- Mushtariylar uchun ajoyib yangilik!
- 2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida
- Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida
- Shavkat Mirziyoyev sovet davrida isyonchilarga “keskin zarba berganlardan” biri boʻlgan
Muhokama qilingan
- Moliya vaziri: “Oldin AQSH dollarini 4000 soʻmdan ham ololmaganmiz, Oloy bozoridagi qora bozordan 8000-8500 ming soʻmdan olganmiz”
- Qoʻyliq bozoridagi yongʻin boʻyicha rasmiy maʼlumot berildi
- Oʻzbekiston va Rossiya Prezidentlari telefon orqali muloqot qildi
- Fargʻonadagi mahallada fuqarolar qurt bosgan suv isteʼmol qilmoqda
- 2 nafar IIV xodimi 500 dollar pora bilan qoʻlga tushdi
Afisha
Yuqoridagi suratda buning uchun nima qilish lozimligini tomosha qilishingiz mumkin.
09 Dekabr 2019
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring: