Namanganda yoshlar mehnat guzari tashkil qilindi

15:14 20 Avgust 2018 Jamiyat
213 0

Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz arafasida Norin tumanining Norinkapa qishlog‘i markazida foydalanishga topshirilgan “Yoshlar mehnat guzari” hudud ahliga munosib tuhfa bo‘ldi.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 27 iyundagi Farmoni bilan tasdiqlangan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi ijrosi doirasida bunyod etilgan guzar 26 nafar yigit – qizni o‘z bag‘riga oldi. Ular tikuvchilik ustaxonasi, oziq-ovqat mahsulotlari, kitoblar do‘koni, sabzavotlar rastasi, go‘zallik saloni, mobil aloqa vositalari ta’miri, sog‘lomlashtirish markazi singari o‘ndan ortiq shoxobchalarda aholiga xizmat ko‘rsatadilar.

Soybo‘yi mahallasida yashovchi xususiy tadbirkor Alisher Rasulov sa’y-harakati bilan qurib bitkazilgan va jihozlangan guzarga 600 million so‘mdan ziyod sarmoya yo‘naltirildi. Yaqin vaqt ichida bu yerda faoliyat turlari kengayishi hisobiga qo‘shimcha ravishda yana 10 ta ishchi yaratiladi.

Ta’kidlash lozimki, tumandagi yana uch mahalla - Yaydoq, Xo‘jaobod va Sho‘rariqda ham zamonaviy “Yoshlar mehnat guzari” barpo etilmoqda.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq so‘zi” muxbiri.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?