Namanganda yarim milliarddan ziyod kredit pullari talon-toroj qilinganligi aniqlandi

15:16 17 Iyul 2020 Jamiyat
315 0

Namanganda 544 mln soʻmlik kredit pullar talon-toroj qilinganligi aniqlandiBu haqda Bosh prokuratura maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, ATB “Agrobank” Toʻraqoʻrgʻon filiali sobiq boshqaruvchisi Sh.B., “M.T.A.” MCHJ rahbari Gʻ.T. va boshqalar 2020-yil yanvar-mart oylarida 19 nafar fuqarolarning xabardorligisiz, ularning nomiga issiqxona tashkil etish uchun imtiyozli kredit olish maqsadida hujjatlarni rasmiylashtirib, ATB “Agrobank” Toʻraqoʻrgʻon filialiga taqdim etib, mazkur hujjatlar asosida jami 544 mln soʻmlik imtiyozli kredit mablagʻini bank kassasidan naqd pul shaklida olib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.B., Gʻ.T. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?