Namanganda Vatan himoyachilari kuni yuqori shukuhda nishonlandi

17:49 14 Yanvar 2020 Jamiyat
138 0

Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 28 yilligi tantanalari Namanganda ham yuqori shukuhda nishonlanmoqda

Xususan, “Vatanparvarlik oyligi” davomida harbiy xizmatchilar va ular oilalarining yashash sharoitini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilgan keng koʻlamli ishlar, yoshlar va jamoatchilik vakillarining harbiy xizmatchilar bilan muloqotlari, joylarda tashkil etilgan avlodlar uchrashuvlari xalqimizning Milliy armiyamiz hamda Vatan himoyachilariga chinakam ehtiromi boʻldi. Xususan, bayram arafasida Davlat xavfsizlik xizmat Chegara qoʻshinlarining Pop tumanidagi harbiy qismida 48, Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda 32 xonadonli turarjoylar oʻz egalariga topshirildi. Gʻurumsaroy poligonida esa 150 oʻrinli zamonaviy yotoqxona va 300 oʻrinli oshxona muddatli va safarbarlik chaqiruvi xizmatini oʻtayotgan askarlarga taqdim qilindi.

14-yanvar kuni bayram tadbirlari viloyat markazidagi tantanalar bilan davom etdi. Erta tongda mahalliy hokimiyat, qurolli kuchlar va jamoatchilik vakillari Namangan shahridagi Xotira maydonidagi “Motamsaro ona” haykali poyiga gullar qoʻydilar. Shundan soʻng harbiy qismlar tomonidan parad tashkil etildi. Alisher Navoiy nomli musiqali drama teatrida Vatan himoyachilarini sharaflashga bagʻishlangan kecha boʻlib oʻtdi.

Tadbirlarda viloyat hokimi X. Bozorov ishtirok etdi.

Qudratilla NAJMIDDINOV.

“Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?