Namanganda tibbiyot kollejiga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi

12:34 28 May 2018 Jamiyat
414 0
Foto: unn.com.ua

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda navbatdagi poraxo‘rlik jinoyati fosh bo‘ldi. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd qilinishicha, fuqaro I. o‘zini Chust tibbiyot kolleji fizika fani o‘qituvchisi vazifasida ishlashini aytib, fuqaro Z.ning ishonchiga kirib olgan va uni aldab, o‘g‘li Sh.ni to‘lov kontrakti asosida tibbiyot kollejiga muassasa rahbarlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan.

Tadbir davomida fuqaro I. 1.500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ushlangan.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?