Namanganda terrorchilikda gumonlangan shaxslar qoʻlga olindi

14:39 08 Yanvar 2020 Jamiyat
399 0

“Xalq soʻzi ONLINE”. Qudratilla Najmiddinov/Namangan. Namangan viloyatida terroristik tashkilotlarga aloqadorlikda gumon qilinayotgan shaxslar qoʻlga olindi.

Viloyat IIB matbuot xizmati xabariga koʻra, joriy yil 7-yanvar Namangan viloyatida Ichki ishlar boshqarmasi va boshqa huquq tartibot organlari bilan hamkorlikda tezkor-tadbir oʻtkazilgan. Ushbu tadbir davomida Oʻzbekistonda faoliyati taqiqlangan terrorchilik tashkilotlarining gʻoyaviy taʼsiriga tushib, ularning safiga qoʻshilish maqsadida qurolli toʻqnashuvlarni davom ettirayotgan hududlarga chiqib ketishni rejalashtirgan Yangiqoʻrgʻon tumanida yashovchi bir nechta fuqarolar qoʻlga olindi. Ularning yashash xonadonlari tekshirilganda aloqa vositalari xotirasida ekstremistik mazmundagi materiallar saqlanganligi va boshqalarga ham tarqatib kelayotganliklari maʼlum boʻldi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?