Namanganda qalbaki dollar tayyorlash va uni oʻtkazish bilan shugʻullangan shaxs ushlandi

17:16 28 Oktyabr 2019 Jamiyat
98 0

Illyustrativ foto

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan shahar boʻlimi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tezkor tadbirda fuqaro M.M. har biri 100 AQSH dollari kupyurasidagi 21 dona 2.100 AQSH dollari miqdoridagi qalbaki valyuta qimmatliklarini fuqaro U.T.ga 1.000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan, deb xabar berdi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi boshligʻi Hayot Shamsutdinov.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.M.ga nisbatan JKning 176-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?