Namanganda MIB faol jurnalistlarni taqdirladi

13:44 26 Iyun 2019 Jamiyat
319 0

Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi isteʼmolchilari oʻrtasida toʻlov intizomini mustahkamlash borasida amalga oshirayotgan ishlari haqida maʼlumot berildi.

Taʼkidlanishicha, byuro faoliyat koʻrsata boshlaganidan buyon viloyatda yuqoridagi sohalar boʻyicha 1 trillion 796,9 milliard soʻm mablagʻ undirilishiga erishilgan. Ayni jarayonda targʻibot tadbirlarining ahamiyati ortib bormoqda. Xususan,ommaviy axborot vositalari orqali chiqishlar isteʼmolchilar oʻrtasida toʻlov madaniyatining yuksalishiga xizmat qilmoqda.

MIBning Namangan viloyat boshqarmasi matbuotchilar bayrami arafasida bir qator faol jurnalistlarga tashakkurnoma bildirib, ularni esdalik sovgʻalari bilan taqdirladi.

- Ragʻbat jurnalistlarni yangidan-yangi mavzular sari ilhomlantiradi, - deydi “Namanganskaya pravda” gazetasi muharriri Dilmurod Jumaboyev. – Biz MIB chilar bilan oʻzaro hamkorlikni mustahkamlagan holda ular faoliyatining muhim qirralarini gazeta sahifalarida koʻproq yoritish masalalarini kelishib oldik.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?