Namanganda “mehribonlik uyi”ga avtobus sovgʻa qilindi

12:08 03 Iyun 2019 Jamiyat
188 0

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni Namangandagi 26- “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladigan boʻldi. Boisi, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bu yerga bolajonlarni bayram bilan qutlash uchun arzirli sovgʻalar bilan kelgan edi. “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida oʻtkazilgan uchrashuv muloqot avvalida mamlakatimizda kelajagimiz egalari uchun yaratilgan shart-sharoit, ularning sogʻlom va bilimli boʻlib unib-oʻsishi yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar xususida gap bordi.

Tadbirda muassasa direktoriga “Isuzu” avtobusi kalitini tantanali ravishda topshirgan viloyat rahbari mazkur transport vositasi bolajonlarning yaxshi kunlariga xizmat qilsin, deya tilak bildirdi. Bundan tashqari bayram munosabati bilan tarbiyalanuvchilar uchun yozgi oromgohlarga yoʻllanma, sport anjomlari hamda kutubxona uchun mingdan ortiq adabiyotlar tuhfa qilindi.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?