Namanganda “MAN” haydovchisi oʻzi zarar yetkazgan xonadonning uyini taʼmirlab berdi

11:53 19 Avgust 2019 Jamiyat
192 0

Voqea Toʻraqoʻrgʻon tumanining Qatagʻon qishlogʻida sodir boʻldi. Tungi soat ikkilar atrofida oʻzining “MAN” avtomashinasida borayotib boshqaruvni yoʻqotgan haydovchi A.X. katta yoʻl yoqasida yashovchi Holmamat Qambarovning turarjoy binosiga kirib ketadi. Hayriyatki, xonadon egalari shu kuni qarindoshinikida mehmonda boʻlganligi sababli hech kimga shikast yetmadi.

Tabiiyki, xushyorlikni yoʻqotgan haydovchiga H. Qambarovning jiddiygina shikast yetgan uyini tiklab berishga toʻgʻri keldi. Bugun xonadon aʼzolari bekamu-koʻst taʼmirdan chiqarilgan binoda hayot kechirishmoqda.

Qudratilla NAJMIDDINOV.
/ “Xalq soʻzi”/.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?