Namanganda kollejlarning 33 ming nafar bitiruvchisi korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida insho yozdi

10:40 17 Iyun 2019 Jamiyat
404 0

Masalan, viloyat markazidagi 2-xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejini tugallayotgan 290 nafar yigit-qiz jamiyat taraqqiyotiga toʻsiq boʻlayotgan illatga qarshi kurash, xususan, uning oldini olish masalasida nimalarga koʻproq eʼtibor qaratilishi yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi.Bunda yoshlarning asosiy qismi huquqiy bilimlarni mustahkamlash orqali korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish orqali maqsadga erishish mumkinligini taʼkidlagan.

Umuman olganda, viloyatdagi barcha kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari oʻrtasidagi “Korrupsiya-adolat kushandasi“ mavzusidagi insholar tanlovi uyushqoqlik bilan oʻtkazildi.Unda 33 mingdan ortiq bitiruvchi faol qatnashdi.Tanlovning adolatli va oshkora oʻtkazilishini taʼminlash maqsadida Namangan viloyat hokimligi va boshqa bir qator hamkor tashkilotlar vakillari kuzatuvchi sifatida ishtirok etilar. Insholar tanlovini tashkil etishdan maqsad oʻquvchi yoshlar ong-u shuurida korrupsiyaning har qanday koʻrinishlariga qarshi kurash tuygʻularini mustahkamlashdan iboratdir, deydi tadbir tashkilotchilari.

Qudratilla NAJMIDDINOV, ”Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?