Namanganda xalqaro qizlar maktabi ochildi

16:24 18 Iyun 2019 Jamiyat
830 0

Poytaxtdan keyin ikkinchi boʻlib Namanganda tashkil etilayotgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro qizlar maktabida darslarni xorijiy davlatlarda taʼlim olgan, malaka va tajriba orttirgan yuksak salohiyatli oʻqituvchilar olib boradilar.

Taqdimot chogʻida yangi maktabning imkoniyatlari, undagi oʻqitish va taʼlimni tashkil etish jarayonlari, xorijiy tajriba va amaliyot bilan bogʻliq jihatlar, xalqaro hamkorlik, xususan, nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar hamda ularning samaralari haqida maʼlumot berildi.

Darsdan tashqari mashgʻulotlarda qizlar xoreografiya, sanʼat, madaniyat, notiqlik mahorati kabi oʻnlab yoʻnalishlarda tahsil olishi mumkin.

Namangan shahrida joylashgan xalqaro qizlar maktabida joriy oʻquv yilidan 1-sinfdan 11-sinfgacha jami 220 nafar qiz tahsil olishga kirishadi. Ayni paytda qabul jarayonlari boshlab yuborildi.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?