Namanganda IIB xodimi mudhish jinoyatning oldini oldi

15:51 11 Sentyabr 2018 Jamiyat
877 0
Fotо: “ХАЛҚ СЎЗИ ONLINE”

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Qudratilla Najmiddinov/Namangan. Namangan tuman IIB qoʻriqlash boʻlimi xodimi Muzaffar Jumaboyev Sirdaryo koʻprigi xavfsizligini taʼminlashda xizmat qiladi.

U xizmat vazifasini bajarayotgan kunlardan birida koʻprik oldiga yaqinlashib kelayotgan yosh juvonning gʻalati xatti-harakatlari eʼtiborini tortadi. Toʻxtatib, bu yerda boʻlishi sababi soʻraganda ayol koʻprik ustida sayr qilmoqchi ekanini bildiradi. Ayolning harakatlari shubhali koʻringani uchun kichik serjant bu holatni qayd daftari yozib qoʻyadi. Biroq, oradan biri-ikki daqiqa oʻtar-oʻtmas ayolni koʻprik qirgʻogʻiga oʻrnatilgan toʻsiqning ustiga chiqib olganini koʻradi. Hushyor xodim yugurib borib, uni oʻzini suvga tashlashidan toʻxtatib qoladi. Ayol esa qoʻyib yuborishni, hayotdan toʻyib ketgani, oʻzini choʻktirmoqchiligini aytadi.

Ichki ishlar xodimi ayolni dalda berib, uni tinchlantirdi. Keyin esa turmush oʻrtogʻi voqea joyiga chaqirildi. Maʼlum boʻlishicha, 26 yoshli bu juvon oilaviy janjal tufayli uydan chiqib ketgan va yaqinlari tomonidan qidirilayotgan ekan.Shunday qilib, alam ustida oʻz joniga qasd qilmoqchi boʻlgan bir insonning hayoti saqlab qolindi. IIB rahbariyati esa hushyor xodimni munosib ragʻbatlantirdi.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019