Namanganda IIB bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tezkor aloqani taʼminlovchi qurilma oʻrnatildi

11:41 10 May 2019 Jamiyat
213 0

Qudratilla NAJMIDDINOV, /”Xalq soʻzi Online”/Namangan. Namangan viloyati markazidagi Chorsu bozori yaqinida shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri tezkor aloqani taʼminlovchi zamonaviy qurilma oʻrnatildi.

Undagi tugmachani bosish orqali boshqarmaning situatsion markazi bilan videoaloqaga chiqish mumkin. Endilikda shu singari qurilmalarni Sardoba va Doʻstlik bozorlariga ham oʻrnatiladi.

Keyinchalik ushbu aloqa tarmogʻi bilan barcha aholi gavjum boʻladigan joylarni qamrab olish koʻzda tutilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?