Namanganda “Ezgulik albatta qaytadi” donorlik aksiyasi tashkil etildi

14:30 22 Iyun 2020 Jamiyat
241 0

Yurtimiz boʻylab davom etayotgan "Yoshlar oyligi” doirasida Namanganda ham bir qator ijtimoiy-maʼnaviy tadbirlar tashkil etilmoqda. Bugun viloyat qon quyish markazida “Ezgulik albatta qaytadi” shiori ostida donorlik aksiyasi boshlandi.

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati Kengashi tomonidan oʻtkazilayotgan xayriya aksiyasida tashkilot xodimlari, yoshlar yetakchilari, harbiy xizmatchilar, talabalar hamda bir guruh yigit-qizlar koʻngilli tarzda Respublika gematologiya ilmiy-amaliy markazining hududiy boʻlimida davolanayotgan bolalarga ijtimoiy koʻmak berish maqsadida qon topshirishdi.

Bugun – Xalqaro donorlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan aksiya chogʻida topshirilgan qon gematologik kasallikka chalingan bolajonlar salomatligini tiklashga xizmatga qilishi bilan alohida ahamiyatga ega.

Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?