Namanganda bug‘doy dalasida ishlayotgan kombayn yonib ketdi

16:41 28 Iyun 2018 Jamiyat
453 0
Illyustrativ foto

27 iyun kuni Namangan viloyatining Uychi tumanida “Uychi Sohibkor” agrofirmasi hududidagi “Muhammadmuso Boltaboyev” fermer xo‘jaligi g‘alla maydonida o‘rim ishlarini olib borayotgan “Uychi agrotexservis MTP” MCHJga “CASE-2366” rusumli g‘alla o‘rish kombaynida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida kombaynning motor otseki va haydovchi kabinasi qisman yonib zarar ko‘rgan. Jarohat olganlar yo‘q.

Yong‘in kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?