Namanganda 86 ta qabrni vayron qilgan shaxs ustidan sud hukmi oʻqildi

10:57 10 Sentyabr 2018 Jamiyat
538 0
Illyustrativ foto

Namangan tumanidagi qabristonda 86 ta qabrni vayron qilgan shaxs nima uchun bu ishni qilganini tushuntirib bera olmadi.

Namangan tumanida yashovchi shaxs “Shoʻrqoʻrgʻon” qabristonidagi 86 ta qabrtoshni vayron qilgani uchun toʻrt yilga ozodlikdan mahrum etildi, deyiladi Sevimli TV telekanalining Zamon dasturida.

Bu ishga qoʻl urgan Abdulboriy Erashev jinoyat ishlari boʻyicha Namangan tuman sudi majlisida nima uchun bu ishni qilganini tushuntirib bera olmadi va sodir boʻlgan voqea uchun uzr soʻradi.

Sud Abdulboriy Erashev Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 134-moddasida koʻzda tutilgan jinoyatni qilgan deb topdi va uni toʻrt yilga ozodlikdan mahrum etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?