Namanganda 80 yoshli onaxon koronavirusni yengdi

19:43 23 May 2020 Jamiyat
136 0

Ayni soatlarda Namangan viloyatida 7 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sogʻayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi xabar berdi.

Tuzalganlarning barchasi ushbu viloyatdan (4 nafari Namangan shahridan, 2 nafari Namangan tumanidan, 1 nafari Uychi tumanidan) boʻlib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 2 nafari erkak, 5 nafari ayol boʻlib, eng yoshi kattasi 80 yoshli onaxon boʻlsa, eng yoshi kichigi 14 yoshda. Viloyatda hozirga qadar sogʻayganlar 233 nafar boʻlsa, endilikda ular 240 nafarga yetib, ayni paytda davolanayotganlar 9 nafarni tashkil etmoqda.

Shunday qilib, bugun 40 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz boʻylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayganlar 2532 nafarga yetdi.

Eslatib oʻtamiz, ayni paytda yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni 3089 nafarni tashkil qilib, sogʻaygan va vafot etganlardan tashqari, mamlakatimizning 7 ta hududida jami 544 nafar bemor davolanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?