Namanganda 7 tonnadan ziyod sumalak pishiriladi. Buning uchun qozon tayyorlanmoqda

17:44 14 Mart 2019 Jamiyat
362 0

Foto: "Xalq so'zi"

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida rekord hajmda sumalak pishirish uchun qozon tayyorlanmoqda. Bu haqda korxona matbuot xizmati ”Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.

Ushbu idish Navroʻz ayyomini nishonlash kunlari Namanganda boʻlib oʻtadigan “Sumalak sayli” turizm va milliy qadriyatlar festivali chogʻida bayram sumalagini tayyorlash uchun kerak.

“Oʻtgan yilda tadbir tashkilotlari mazkur shirin taomdan besh tonna pishirgandi. Endi ular Ginnesning rekordlar kitobiga kirishlari uchun oʻz natijalarini yangilashmoqchi. Lekin bunga ulkan qozonni qayerdan olish lozim? Shahar rahbariyati kombinatimizga zarur oʻlchamlarda qozon va oʻchoqni tayyorlab berishni iltimos qilishdi. Biz, albatta, ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatladik va qozonni quyishga kirishdik”, - deydi OTMK markaziy taʼmirlash-mexanika zavodi texnik boʻlimi boshligʻi D.Sartiboyev.

Uning diametri 3,8 metr, hajmi 7 ming litr, umumiy ogʻirligi 4600 kilogramm, chuqurligi 1,1 metrga teng. Qozon qoʻyiladigan oʻchoqning vazni esa 3,6 tonna boʻladi.

Yangi qozonda yetti tonnadan ortiq sumalak pishirish rejalashtirilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?