Namanganda 61 yoshli erkak molxonani hidiga chidolmay qoʻshnisini oʻldirdi

14:28 06 Avgust 2020 Jamiyat
3241 0

Shu yil 4-avgust kuni soat 16:30 larda Namangan shahrida yashovchi 1959-yilda tugʻilgan fuqaro yashash uyi oldida qoʻshnisi 1986-yilda tugʻilgan fuqaro bilan “Molxonangni hididan yashash xonadonimda oʻtirib boʻlmayapti”-deb, oʻzaro janjallashib, qoʻshnisini yonida boʻlgan «Chalabzar» pichogʻi bilan chap koʻkrak sohasiga bir marotaba urgan.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmatining maʼlum qilishicha, natijada jabrlanuvchi ogʻir tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat boʻyicha shahar IIO FMB TB tomonidan Oʻz.R JKning 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?