Namanganda 170 mln dona, 20 xil ampulali dorilar tayyorlash quvvatiga ega korxona ish boshladi

16:13 26 Avgust 2018 Iqtisodiyot
349 0

Namangan shahrida 6,3 mln. AQSH dollari evaziga yiliga 170 mln. dona 20 xil ampulali dorilar tayyorlash quvvatiga ega “Namangan-farm-plant” MCHJ ishga tushirilib, 95 ta yangi ish oʻrni yaratilgan. Bu haqida viloyat hokimligi axborot xizmati maʻlum qildi.

Oʻzbekiston mustaqilligining 27 yilligi arafasida Namangan tumanidagi "Marrymed Pharm” MCHJda 9 mln. dollarlik ikkita yangi liniya – gofrokarton qutilar va ampula ishlab chiqarish sexlari barpo etilib, yana 60 kishi ishli boʻldi.

Bundan tashqari Namangan shahrida farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Kamol-med-farm” MCHJ ham oʻz ishini boshlagan. Korxona yiliga 25 turdagi 19,6 mln. qadoq dori-darmon ishlab chiqarish quvvatiga ega.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?