Namanganda 14 oy ichida M-600 markali yuqori sifatli sement ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladigan boʻldi

10:12 05 Noyabr 2019 Jamiyat
148 0

“Namangan” erkin iqtisodiy zonasi hududida Xitoy sarmoyasi ishtirokida barpo etiladigan yirik sement zavodida M-600 markali yuqori sifatli sement ishlab chiqariladi. Kuni kecha viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning xitoylik investorlar guruhi bilan oʻtkazgan uchrashuvida ushbu loyihani amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar muhokama qilindi.

35 gektar hududda ikki bosqichda amalga oshiriladigan mazkur loyihaning umumiy qiymati 100 million AQSH dollaridan oshiq boʻlib, u toʻlaligicha xitoylik investorlar tomonidan moliyalashtiriladi. Zavodning yillik 1,3 million tonna ishlab chiqarish quvvatiga ega boʻlgan dastlabki bosqichi 14 oydan keyin ilk mahsulotini bera boshlaydi.

Qudratilla NAJMIDDINOV.“Xalq soʻzi”.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?