Namangan viloyatini kompleks rivojlantirish uchun 2,8 milliard dollar ajratiladi

16:45 01 Mart 2019 Siyosat
717 0

Namangan viloyatini kompleks rivojlantirish uchun 2,8 milliard dollarlik Dastur ishlab chiqildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 mart kuni Namangan viloyati faollari ishtirokida boʻlgan yigʻilishda aytib oʻtdi.

Mazkur dasturga asosan, Namangan viloyatida 2019-2020 yillarda umumiy qiymati 2,8 milliard dollar boʻlgan 1 ming 400 dan ortiq investitsiya loyihasi amalga oshirilishi belgilangan.

Davlatimiz rahbari ushbu loyihalar 39 mingta doimiy ish oʻrni yaratish, 1,1 milliard dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya jalb qilish va oʻzlashtirishni taʼminlashini alohida taʼkidladi.

Shuningdek, viloyatda “Har bir oila - tadbirkor” dasturini amalga oshirish uchun 1 trillion soʻm ajratilishi maʼlum qilindi. Bu mablagʻlar hisobiga viloyatda oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashning yangicha tizimi joriy etiladi.

Namangan viloyatidagi tuman markazlarini obod maskanlarga aylantirish maqsadida har bir tumanga 20-25 milliard soʻmdan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga kiritilgan qishloqlar va mahallalarga qoʻshimcha ravishda 2 milliard soʻmdan ajratilishi taʼkidlandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?