Namangan viloyatida tijorat banklari xodimlarining paxta yigʻim-terim mavsumida majburiy mehnatga jalb etilishi holati yuzasidan oʻrganish olib borildi

19:20 05 Oktyabr 2020 Jamiyat
278 0

Oliy Majlis Senatining ishchi guruhi tomonidan 2020-yil 30-sentyabr kuni Markaziy bankning Namangan viloyat boshqarmasida viloyatdagi mutasaddi tashkilotlar tomonidan majburiy mehnatning qatʼiy nazoratini taʼminlash boʻyicha Respublika ishchi guruhi tomonidan Markaziy bank Namangan viloyat bosh boshqarmasi hamda viloyat hududidagi tijorat banklari majburiy mehnatga jalb etish holati yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi “Bankir kundaligi” kanalida berilgan maʼlumotlar(post)ga asosan hamda Senat Raisining yozma koʻrsatmasiga binoan Ishchi guruh viloyatdagi mavjud 17 ta bankda majburiy mehnat yuzasidan monitoring oʻtkazdi.

Monitoringda asosan bank shoxobchasidagi shtat asosida ishlovchi xodimlarni bugungi kunda oʻz ish joylarida faoliyat olib borayotganligi, ularning paxta yigʻim-terimiga (majburiy mehnatdan) jalb etilmasligi haqida xabardorligi, paxta yigʻim-terim vaqtida oʻzining oʻrniga boshqa odam yollash holati boʻlganligi, xodimlardan qoʻshimcha mablagʻ yigʻilganligi, dam olish kunlari ommaviy paxta hashariga jalb qilish holatlari boʻlgan yoki boʻlmaganligiga eʼtibor qaratildi.

Ishchi guruh aʼzolari tomonidan ushbu savollar yuzasidan har bir bank xodimlari bilan alohida suhbatlar oʻtkazildi. Viloyat hududidagi banklarda jami 1078 ta shtat birligi mavjud boʻlib, shundan 914 nafar xodim bilan anonim soʻrovlar oʻtkazildi.

164 nafar xodimdan 100 nafari betobligi, 17 ta boʻsh ish oʻrinlari, 10 nafari xizmat safari yuzasidan viloyatdan tashqarida hamda 37 nafari mehnat taʼtilida boʻlganligi sababli oʻtkazilgan soʻrovnomada qatnasha olmadi.

Oʻtkazilgan suhbatlarda maʼlum boʻldiki, viloyatda 2020-yil 14-sentyabrdan paxtaga yalpi safarbarlik eʼlon qilingan boʻlib, 21-sentyabrga qadar ayrim banklarda maʼlum miqdorda texnik xodimlar (farrosh, bogʻbon va haydovchilar) ixtiyoriy ravishda oʻzlari pul ishlash maqsadida paxtaga chiqqanligi aniqlangan. Senat ishchi guruhi oʻrganish natijasida 23-sentyabrdan boshlab barcha bank tomonidan chiqqan ushbu xodimlar paxta dalalaridan olib chiqib ketilgan.

Joylarda klaster, fermer va otryad rahbarlari bilan suhbatlashilganida bank xodimlari paxta terimida ishtirok etmayotganligi va otryadlarda yoʻqligi haqida aniq javoblar berilgan.

Ijtimoiy tarmoqdagi “Bankir kundaligi” telegram kanali admini Humoyun nomli profil egasiga murojaat qilinib, undan 2020-yil 29-sentyabr kuni oʻzining kanalida 18.00 da joylashtirilgan post yuzasidan maʼlumot soʻralganda, Admin tomonidan “Salom” degan soʻz qoldirildi va boshqa aloqaga chiqmadi. Eʼlon qilingan post yuzasidan maʼlumot berishdan bosh tortdi.

Shu aniqlandiki, bugungi kunda Namangan viloyati Markaziy bank bosh boshqarmasi hamda viloyatdagi tijorat bank xodimlari oʻz ish joyida faoliyat olib bormoqda.

Agar shu kabi holatlar kuzatilsa, Oliy Majlis Senatiga murojaat qilish soʻraladi.

Tolibjon MADUMAROV,
Respublika ishchi guruhi rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?